Olmazor tumanida sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha ma’lumot
⚡️ Joriy yilning 17 fevral kuni soat 16:00 larda Olmazor tumani Ahmad Donish ko‘chasida 1985 yilda tug‘ilgan M.X. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashinasi hamda 1986 yilda tug‘ilgan O‘.P. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashinalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
⚡️YTH natijasida Lacetti avtomashina haydovchisi hamda Cobal rusumli avtomashinasi haydovchisi va 1 nafar yo‘lovchisi birinchi yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga olib ketilgan.
🇺🇿Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.