Bugun 3 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Oliy ta’lim tashkilotlari milliy reytingi yangicha tartibda yuritiladi

Oliy ta’lim tashkilotlari milliy reytingi yangicha tartibda yuritiladi

Oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish tartibi bo‘yicha nizom loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Unga ko‘ra, milliy reyting 2026 yil 1 yanvardan boshlab amal qiladi.

Reytingda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tashkil etilganiga kamida 3 yil bo‘lgan va bitiruvchilari mavjud oliy ta’lim tashkilotlari ishtirok etadi. Oliy harbiy, harbiylashtirilgan, ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari reytingga kiritilmaydi.

📊 Milliy reyting OTMlar kontingenti va yo‘nalishiga qarab toifalar asosida yuritiladi:
— ijtimoiy-gumanitar fanlar;
— amaliy fanlar;
— tibbiyot fanlari;
— ijod va sport yo‘nalishidagi OTMlar.
💻 Har bir OTM reyting uchun zarur ma’lumotlarni maxsus elektron platformaga har yili 1 fevralgacha kiritishi shart.

🗓 Tahlil natijalari asosida shakllantirilgan milliy reyting har yili 31 oktyabrga qadar e’lon qilinadi (https://t.me/nodavlattalim/4599).

📑 Reytingni baholash mezonlari alohida jadval asosida belgilanib, ta’lim sifati, ilmiy salohiyat va boshqa ko‘rsatkichlar inobatga olinadi.

Kiritildi: Bugun 18:07. O'qildi: 219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!