Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash xamda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilinishi munosabati bilan Hukumatning 10dan ortiq qarorlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomga kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan:

oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga test sinovlarida to‘plagan ballarining 30 foizi miqdorida, respublikaning boshqa davlat OTMlariga o‘qishga kirishda esa to‘plagan ballarining 15 foizi miqdorida qo‘shimcha ball beriladi;

“Temurbeklar maktabi”ni imtiyozli tugatganlarga, tarkibida ushbu maktab bo‘lgan vazirlik va idoralarning tegishliligi bo‘yicha oliy harbiy yoki ixtisoslashtirilgan bilim yurtlariga test sinovlarisiz, harbiy professional tanlash natijasi bo‘yicha kirish huquqi beriladi.

Kiritildi: 09:00 10.12.2019. O'qildi: 2678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!