Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Oliy sud tarkibida Komplayens nazorati xizmati tashkil etilishi mumkin

Oliy sud tarkibida Komplayens nazorati xizmati tashkil etilishi mumkin

Bu xizmat to‘g‘ridan-to‘g‘ri Oliy sud raisiniga bo‘ysunadi va hududiy sudlarda ishlaydigan maxsus inspektorlardan iborat bo‘ladi.

Uning asosiy vazifasi — korrupsiya xavflarini aniqlash, ularning oldini olish va sabablarini bartaraf etish. Shuningdek, sud xodimlarining qonun va odob qoidalariga rioya qilishini nazorat qiladi.

Bu haqda sudlarda komplayens nazorat tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha taqdimotda ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, shu bilan bir qatorda, sudyalar va sud apparati xodimlari uchun manfaatlar to‘qnashuvi, daromad va mol-mulk deklarasiyalarini topshirish va tahlil qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan elektron tizim joriy etiladi.

Kiritildi: Bugun 08:31. O'qildi: 250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!