Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Oliy darajadagi O‘zbekiston-Germaniya uchrashuviga tayyorgarlikning borishi muhokama qilinadi

Oliy darajadagi O‘zbekiston-Germaniya uchrashuviga tayyorgarlikning borishi muhokama qilinadi

2018 yilning 7-8 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Germaniya Tashqi ishlar federal vaziri Xayko Maas va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlar chog‘ida bo‘lajak oliy darajadagi O‘zbekiston-Germaniya uchrashuviga tayyorgarlikning borishi, ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokama qilinadi.

Tashrif doirasida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Germaniyaning yurtimizdagi elchisi Gyunter Overfeld O‘zbekiston Prezidenti 2019 yil yanvar oyida ushbu mamlakatga tashrif buyurishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandi.

Kiritildi: 16:22 06.11.2018. O'qildi: 1102 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!