Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Olimpiada ochilishi kuni Fransiyada poyezdlar harakati to‘xtab qoldi

Olimpiada ochilishi kuni Fransiyada poyezdlar harakati to‘xtab qoldi

2024 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimiga bir necha soat qolganda Fransiya poytaxti temir yo‘l transportida katta uzilish yuz berdi.

Bu haqda Fransiyadagi yo‘lovchi temir yo‘l transportining asosiy operatori SNCF (Société nationale des chemins de fer français) Fransiya temir yo‘llari milliy kompaniyasi xabar berdi.

Kompaniyaning X sahifasidagi xabarga ko‘ra, «hujumchilarning harakatlari» Atlantika okeani qirg‘oqlari, shimol va sharqdagi tezyurar yo‘nalishlarga ta’sir ko‘rsatdi.

SNCF ta’kidlashicha, qo‘shni Belgiyaga va La-Mansh bo‘ylab Londonga ketayotgan poyezdlar harakatida uzilishlar bo‘lgan.

Tezyurar poyezdlar tarmog‘ini buzishga qaratilgan yirik hujumdan so‘ng ko‘plab poyezdlar yo‘nalishi o‘zgartirildi yoki bekor qilindi, deyiladi xabarda.

«Biz barcha yo‘lovchilarimizdan sayohatlarini kechiktirish va stansiyaga bormasliklarini so‘raymiz», dedi SNCF va yaqin orada fuqarolarga mavjud vaziyat haqida xabar berishini qo‘shimcha qildi.

Keyinroq SNCF yana bir bayonot chiqarib, poyezdlar harakatining buzilishiga olib kelgan hujumlar va harakatlarni «o‘t qo‘yish» deb atadi. Operatorning xabar berishicha, temir yo‘l transportidagi uzilish 800 ming yo‘lovchiga ta’sir ko‘rsatdi.

Fransiya transport vaziri Patris Vergriye matbuot anjumanida barcha mavjud dalillar o‘t qo‘yish versiyasini tasdiqlayotganini aytdi. «Ko‘pchilikning sayohatiga xalaqit beradigan bu jinoiy harakatlarni keskin qoralayman», — deb yozdi vazir ijtimoiy tarmoqda.

Fransiya Bosh vaziri Gabriyel Attal Xda «SNCF ob’ektlarida rejalashtirilgan va muvofiqlashtirilgan sabotaj harakatlari amalga oshirilgan» deb yozgan. «Bizning razvedka xizmatlarimiz va huquq-tartibot idoralarimiz ushbu jinoiy harakatlar uchun aybdorlarni topish va jazolash uchun safarbar etilgan», - deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: 01:25 27.07.2024. O'qildi: 759 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!