Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Olimlarning onalari farzandiga qanday tarbiya berishgan?

Olimlarning onalari farzandiga qanday tarbiya berishgan?

Muhammad Rotib Nabulsiy aytadilar: Bir kuni yoshlik chog‘imda onam menga: “Halol so‘zini ikki labing ochiq holda ayta olasan-mi?”, dedi. Halol kalimasini ikki labimni bir-biriga yopishtirmagan holda aytdim. Onam ma’qullab, meni o‘pib qo‘ydi.

So‘ngra onam: “Harom so‘zini ham ikki labing ochiq holda ayta olasan-mi?”, dedi. Aytishga bir necha marotaba harakat qildim, lekin ayta olmadim. Hafa bo‘lgan holda onamga: “Onajon, harom so‘zini aytishga ko‘p harakat qilishimga qaramay, oxirida ikki labim bir-biriga tegib, yopilib qolyapti”, dedim. Onam kulib: “O‘g‘lim, bu – halol bilan harom orasidagi farqdir. Harom – baxtsizlik, halol – baxt-saodatdir. Unutmagin, jon bolam! Agar gunoh ish qilsang, onangni lablari yopilib, yuzida mahzunlik bo‘ladi. Agar yaxshi amal qilsang, onangni lablari tabassum ila ochilib, xursand bo‘ladi. Onangni doim tabassum holida ko‘rishni xohlasang, doimo o‘zingga halol va yaxshi (amallarni) lozim tutgin!”, dedi.

Katta bo‘ldim va onamning “ajoyib tabassumi” ni yo‘qotmaslikka harakat qildim. Onam vafot etgan vaqtda, vidolashish uchun oldiga kirib, oxirgi marta peshonasidan o‘pdim, onamni ikki labi ochiq, tabassum holida ko‘rib, o‘zimga-o‘zim: “Onajon, to sizga yo‘liqqunimcha halolda bo‘lishga va’da beraman”, deb aytdim.

Bolalaringizga bu “ayb”, deb emas, balki, “bu halol” – Alloh bundan rozi bo‘ladi, “bu harom” – Alloh bundan g‘azab qiladi, deb ta’lim bering! Toki odamlardan qo‘rqadigan avlod bo‘lib emas, balki Alloh kuzatib turadi deb, maxfiyda ham, oshkorada ham Allohdan qo‘rkadigan farzand bo‘lib ulg‘aysin.

 

Kiritildi: 19:09 19.10.2019. O'qildi: 2557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!