Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Olimlar Xitoy tabobatida qo‘llanuvchi dorini yangi koronavirusga qarshi qo‘llashmoqchi

Olimlar Xitoy tabobatida qo‘llanuvchi dorini yangi koronavirusga qarshi qo‘llashmoqchi

Shanxay farmakologiya instituti va Uxan virusologiya instituti olimlari Xitoy tabobatida qo‘llanuvchi Shuanghuanglian Koufuye deb nomlanuvchi dori yangi koronavirusni to‘xtata olishini aniqlashdi.

Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, dori tarkibiga yapon shilvisi (buta o‘simlik), Baykal shlemnigi va egik forsaytiya deb nomlanuvchi o‘simliklar kiradi. Xitoy tabobatida bu o‘simliklar isitmani tushirishi, organizmdan toksinlarni chiqarishi, insonni tashqi va ichki tomondan tozalashi ta’kidlanadi. Zamonaviy tadqiqotlarga ko‘ra, Shuanghuanglian Koufuye virusga va bakteriyalarga qarshi xossalarga ega hamda organizmning immun funksiyasini oshiradi.   

2003 yilda Shanxay farmakologiya instituti tadqiqotchilari Shuanghuanglian Koufuye’ning atipik zotiljam bilan kurasha olishini aniqlashgandi. Shundan keyin ular 10 yil davomida vositaning grippning bir qator viruslari (H7N9, H1N1, H5N1), o‘tkir og‘ir respirator sindrom [SARS] va Yaqin Sharq respirator sindromiga [MERS] qarshi kurashdagi samaradorligini o‘rganishni davom ettirishgan. Barcha hollarda vosita virusga qarshi samarali ekanini ko‘rsatgan.

Hozirda dorining klinik sinovlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 07:05 01.02.2020. O'qildi: 2780 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!