Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Olimlar saraton hujayrasini o‘ldiradigan virusni yaratdi

Olimlar saraton hujayrasini o‘ldiradigan virusni yaratdi

Avstraliyaning biotexnologiyalarga ixtisoslashgan Imugen kompaniyasi (Australia biotech company Imugene) mutaxassislari saraton o‘simtalari hujayralarini o‘ldiruvchi sun’iy virus yaratdi.

Saraton shishlarini yo‘q qiluvchi virus CF33 nomini olgan. Yaqin vaqt ichida uni odamlarda sinab ko‘rish rejalashtirilmoqda.

Olimlar yangi virusning muvaffaqiyatiga ishonmoqda. Bunga laboratoriya tekshiruvlari imkon bermoqda. Tekshiruvlar davomida virus 60 turdagi saraton hujayralarini o‘ldirgan. Shuningdek, virus sichqonlarda ham ijobiy natija bergan va ularni saratonning turli xil ko‘rinishlaridan xalos qilgan.

Ma’lum qilinishicha CF33 ning o‘ziga xosligi shundaki, mazkur zamonaviylashtirilgan virus har qanday saraton hujayrasini ichidan yo‘q qilishga mo‘ljallangan.

Kiritildi: 18:10 07.12.2019. O'qildi: 2625 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!