Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Olimlar: qaynoq choy iste’mol qilish o‘limga olib kelishi mumkin

Olimlar: qaynoq choy iste’mol qilish o‘limga olib kelishi mumkin

Qaynoq choy iste’mol qilish qizilo‘ngach saratoni paydo bo‘lishi va rivojlanishi xavfini oshiradi, deya ma’lum qildi xalqaro ilmiy guruh. Bu haqda EurekAlert! portali xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, olimlar 40 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan 50 mingdan ziyod kishi ishtirokida tadqiqot o‘tkazishadi. O‘rtacha kuzatish davri o‘n yilni tashkil etdi. Olingan natijalarga ko‘ra tadqiqotda qatnashgan 317 nafar ko‘ngillida qizilo‘ngach saratoni qayd etilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, muntazam ravishda 60 daraja issiqdan ortiq haroratda 700 ml.dan ortiq choyni har kuni iste’mol qilish qizilo‘ngach saratoni rivojlanish xavfini 90 foizga oshiradi.

Ko‘pchilik choy, qahva yoki boshqa qaynoq ichimliklarni ichishni yaxshi ko‘rishadi. Biroq, biz olib borgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, juda issiq choy iste’mol qilish qizilo‘ngach saratoni paydo bo‘lishi va rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin , - dedi tadqiqot yetakchi muallifi Amerika onkologiya jamiyati professori Farhad Islami.

Professor qizilo‘ngach saratoni rivojlanishining oldini olish uchun qaynoq ichimlik sovishini kutishni tavsiya berdi.

Kiritildi: 14:35 22.03.2019. O'qildi: 1618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!