Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Olimlar ommabop dori vositasining koronavirusdan qutqaruvchi xususiyatini aniqladi

Olimlar ommabop dori vositasining koronavirusdan qutqaruvchi xususiyatini aniqladi

Olimlar oshqozon bezovta qilganda ishlatiladigan arzon va ommabop dori, bemor kasalxonaga yotqizilish va intensiv davolanishni talab qilmasa, COVID-19 ni davolashda samarali bo‘lishi mumkin degan xulosaga kelishdi. Mutaxassislarning maqolasi Gut jurnalida chop etilgan.

Tadqiqotda koronavirus infeksiyasi bo‘lgan 10 bemor ishtirok etgan, ularning barchasi kasallik paytida famotidinni qabul qilgan. To‘rt balli tizimga ko‘ra, shifokorlar kasallikning beshta asosiy alomatlari, jumladan yo‘tal, nafas qisilishi, charchoq, bosh og‘rig‘i va ta’m va hid yo‘qolishining og‘irligini baholadilar. Alomatlar 2 dan 26 kungacha davom etdi. O‘rtacha davolanish muddati 11 kunni tashkil etdi.

Barcha o‘nta bemorlarning aytishicha, famotidin qabul qilish boshlanganidan keyin 24-48 soat ichida ularning ahvoli yaxshilangan va 14 kundan keyin alomatlar to‘liq yengillashgan. Ular kuniga uch marta 80 milligramm dozani qo‘lladilar.

Olimlarning fikriga ko‘ra, mavjud olingan ma’lumotlar famotidin ta’sirini tasdiqlash uchun yetarli emas. Shuning uchun ko‘proq odam ishtirok etadigan klinik tadqiqotlar zarur.

Kiritildi: 17:29 05.06.2020. O'qildi: 3249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!