Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Olimlar Marsda noodatiy kislorod topishdi

Olimlar Marsda noodatiy kislorod topishdi

Curiosity marsoxodi qizil sayyora atmosferasida noodatiy kislorod tebranishlarini qayd etdi. O‘lchov ishlari diametri 154 kilometr bo‘lgan Geyl kraterida olib borildi. Bu haqda The Independent'ga tayanib Mir24 xabar qilmoqda.

Avvalroq olimlar Marsdan metan chiqindilari topishgan edi. Gaz miqdori tashqi muhitga bog‘liq bo‘lmagan tarzda ortadi va kamayadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, xuddi shunday beqarorlik kislorod bilan ham kuzatilmoqda.

Kuzatuvlar olti yil mobaynida olib borildi. Ma’lumki, Mars atmosferasining 95 %i uglerod oksidi (CO2)dan iborat. Bundan tashqari uning tarkibida azot va argon ham bor. Mars atmosferasidan olingan havo namunalari tekshirilganda ular yil fasllariga qarab ko‘payishi va kamayishi va hatto ayrim fasllarda tarqab ketishi aniqlangan.

Kislorod darajasi ayniqsa bahor va yozda notekis o‘zgarib turadi. Olimlar uning tebranishlari atmosfera dinamikasi bilan bog‘liq emasligini taxmin qilishdi (aks holda ular yildan-yilga o‘zgarib turadi). Kislorod biror bir kimyoviy manbadan tarqayapti, degan taxmin ham yo‘q emas.

Manba: sof. uz

Kiritildi: 20:45 13.11.2019. O'qildi: 2141 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!