Bugun 28 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Olimlar: Koronavirus o‘pkada "yashirinishi" mumkin

A A A
Olimlar: Koronavirus o‘pkada "yashirinishi" mumkin

Koronavirus organizmda sog‘aygandan keyin ham qolishi mumkin, bu Xitoyning Chunsin shahrida joylashgan Armiya tibbiyot universiteti olimlari tomonidan aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, COVID-19 infeksiyasiga chalinganlarning o‘pkasida virus o‘ta chuqurlikda saqlanib qoladi va uni oddiy test tizimi yordamida aniqlashning imkoni yo‘q.

Misol tarzida uch marta analiz topshirgan va uch marta ham test uning organizmida "kovid" yo‘qlini ko‘rsatgan ayol keltirilgan. Shu bilan ayol kasalxonadan chiqishga tayyorlangan, ammo ertasi kuni yurak xuruji tufayli vafot etgan.

Ayol jasadi yorib ko‘rilgach, koronavirus qismlari o‘pkaning chuqur to‘qimalarida mavjudligi aniqlangan. Shu bilan birga ayolda hech qanday simptomlar kuzatilmagan.

Olimlarning fikricha, sog‘aygan odamlarda koronavirus takrorlanishi holatlariga aynan shu holat bilan izoh berish mumkin.

 

Kiritildi: 17:15 30.04.2020. O'qildi: 3437 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!