Nashrning yozishicha, Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius va Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok 23 fevralga belgilangan Bundestag saylovlari oldidan Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish uchun 3 milliard yevroga yaqin mablag‘ ajratmoqchi, biroq kansler Olaf Shols bunga to‘sqinlik qilmoqda.
Ukrainaga yuborilishi kerak bo‘lgan qurollar ro‘yxati 2024 yil noyabr oyida Germaniya hukumati koalisiyasi parchalanganidan ko‘p o‘tmay tuzilgan. Ro‘yxatda raketalar bilan jihozlangan uchta Iris-T havo mudofaa batareyasi, Patriot raketalari, o‘nta g‘ildirakli gaubisa va artilleriya o‘q-dorilari bor.
Rejani amalga oshirish Shols yanvar oyi boshida Kiyevga qo‘shimcha mablag‘ ajratilishini qo‘llab-quvvatlamasligini norasmiy ravishda bildirganidan so‘ng to‘xtab qoldi.