Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ohangarondagi PPX xodimi bilan bog‘liq xabarlar yolg‘on deb topildi

Ohangarondagi PPX xodimi bilan bog‘liq xabarlar yolg‘on deb topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda IIO xodimi voyaga yetmagan qizga nisbatan g‘ayriqonuniy xatti-harakat sodir etgani haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum qilindi.

Avvalroq, 28 aprel kuni mazkur holat vakolatli organlar tomonidan o‘rganilayotgani haqida axborot berilgan edi. Keyingi surishtiruvlar davomida esa tarqatilgan iddaolar o‘z tasdig‘ini topmagani aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, 27 aprel kuni tungi soat 00:40 da Ohangaron shahar IIB PPX xodimiga tanishi — 22 yoshli ayol qo‘ng‘iroq qilib, maslahat olish maqsadida chaqirgan. Xodim yetib borganida, mazkur ayol hamda uning 14 yoshli tanishi birgalikda uning avtomobiliga o‘tirgan.

Shu vaqtda 18 yoshli shaxs yana bir necha tanishlari bilan kelib, xodimni haqorat qilgan va janjal keltirib chiqargan. Qayd etilishicha, u 14 yoshli qizga qarindosh emas.

Voyaga yetmagan shaxs ishtirok etgani sababli holatning barcha tafsilotlari ochiqlanmagan.

Ichki ishlar organlari ma’lumotiga ko‘ra, ish yakuniga ko‘ra yolg‘on axborot tarqatgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik choralari ko‘rilishi mumkin.

Shuningdek, mutasaddilar ommaviy axborot vositalari vakillarini tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirdi.

Kiritildi: Bugun 14:27. O'qildi: 357 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!