Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Odamlar xavotirda: "Bankda dollar tugab qolmasmikin?" (foto)

Odamlar xavotirda: "Bankda dollar tugab qolmasmikin?" (foto)

Xabaringiz bor, 20 avgustdan boshlab tijorat banklari tomonidan dollar sotilishi yo‘lga qo‘yildi. Sputnik muxbiri Toshkentdagi tijorat banklaridagi vaziyatni kuzatdi.

Aksariyat valyuta ayirboshlash joylari oldida navbatlar yuzaga kelgan. Ular oldida bir nechta huquq-tartibot organ xodimlarini ko‘rish mumkin.

Ehtimol bunday choralar, odam gavjum bo‘ladigan joylarda huquqbuzarlikni oldini olish va aholini “valyutafurush”lardan to‘sish uchun amalga oshirilmoqda. Ichki ishlar xodimlari paydo bo‘lishi bilan “valyutafurush”lar darhol g‘oyib bo‘ldi, deyiladi xabarda.

Odamlar sumkalarda pul olib kelishmoqda. Shu bilan birga, valyuta sotib olishga hech qanday cheklovlar yo‘q, ammo ba’zi banklarda tez tugamoqda.

Navbatda turgan odamlar hammaga dollar yetmaydi, deb xavotir olmoqda.

Kiritildi: 12:02 21.08.2019. O'qildi: 4514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!