Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Odamlar nega metrodan tekin foydalanmoqda?

A A A
Odamlar nega metrodan tekin foydalanmoqda?

Ha, rostdan ham Venesuela ichkarisida qog‘oz masalasi jiddiy muammoga aylangan. Shuning uchun chiptalar ishlab chiqarish to‘xtab qoldi. Hukumat rahbarlari xuddi shu munosabat bilan fuqarolarga metrodan tekin foydalanishga rasman ruxsat berdi.

Vaholanki, mamlakat poytaxti Karakas shahrida jami 53 ta metro stansiyasi mavjud. Bu xizmatdan kuniga shaharda ikki millionga yaqin odam foydalanadi.

— Yo‘lovchilarga barcha yo‘llar ochib qo‘yilgan, — dedi metropoliten xizmatchilaridan biri. — Chipta ishlab chiqarishga mamlakatning qog‘ozi yo‘q. Qog‘ozni o‘zga davlatdan xarid qilish uchun esa pul yo‘q. Odamlarda ne ayb. Kimdir ishga, kimdir o‘qishga, yana allakimlar zarurat yuzasidan metroga tushadi. Endi qachon qog‘oz sanoati oyoqqa turmaguncha metro xizmati tekin bo‘ladi. Ishqilib, metrodagi poyezdlar ham inqirozga yuz tutmasa go‘rgaydi!

lenta. ru

Kiritildi: 10:47 02.06.2018. O'qildi: 1647 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik