Odamlar eng ko‘p 100 ming so‘mlik banknotdan foydalanmoqda — Markaziy bank.
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvar holatiga muomaladagi naqd pullar tarkibida eng katta ulush — 36,4 foiz 100 ming so‘mlik banknotga to‘g‘ri kelgan.
Ikkinchi o‘rinda 200 ming so‘mlik banknot (28,5 foiz) qayd etilgan. Shu bilan birga, aholi o‘rtasida mayda banknotalardan foydalanish ulushi kamaygan.