Bugun 10 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Odam savdosi bo‘yicha bir oyda 30 ta murojaat kelib tushdi

Odam savdosi bo‘yicha bir oyda 30 ta murojaat kelib tushdi


Bu haqda Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha reabilitasiya markazi rahbari Muqaddam Maqsudjonova ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 1146 qisqa raqamiga kelib tushgan murojaatlarning aksariyati xorijda yaxshi daromad topish va’dasi bilan Turkiya, BAA va boshqa davlatlarga olib chiqilgan ayollardan bo‘lgan.

"Ayrim holatlarda ayollarga xorijda ishlash va yaxshi daromad topish va’da qilingan. Ammo ular mamlakatdan olib chiqilganidan so‘ng turli shakldagi ekspluatasiya va jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘lgan", — dedi ekspert.

Kiritildi: 22:34 08.10.2026. O'qildi: 791 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!