Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Ochiqlik indeksida "ochiq" va "yopiq" tashkilotlar aniqlandi

Ochiqlik indeksida "ochiq" va "yopiq" tashkilotlar aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2025 yil yakunlariga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik indeksini taqdim etdi.

Bu indeks, prezident farmoniga asosan, 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida shakllantiriladi. 2025 yilgi baholashda jami 97 ta ijro organlari va kompaniyalar qamrab olingan.

Baholash natijalariga ko‘ra, ochiqlik talablarini bajarish bo‘yicha 66 ta davlat organi «yashil» (2024 yilda 50 ta), 22 tasi «sariq» (35 ta) va 9 tasi «qizil» (13 ta) toifaga kiritildi.

2022 yildagi, ya’ni ilk baholash ko‘rsatkichlari bilan taqqoslaganda «yashil» toifadagilar 3,5 barobarga ko‘paygan bo‘lsa, «sariq» toifadagilar 2 barobar va «qizil» toifadagilar 3 barobarga kamaygan.

Ochiqlik indeksida "ochiq" va "yopiq" tashkilotlar aniqlandi

2025 yilgi ochiqlik indeksida eng yuqori o‘rinlarda «O‘zbekgidroenergo», «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» hamda «O‘zavtosanoat» qayd etilgan.

Umumiy reytingda eng yomon ko‘rsatkichlar Toshkent shahar hokimligi, Andijon viloyati hokimligi, «O‘zbekiston temiryo‘llari»ga tegishli.

Ochiqlik indeksida "ochiq" va "yopiq" tashkilotlar aniqlandi

Vazirliklar kesimida indeksda eng yuqori natijani Adliya, Raqamli texnologiyalar va Suv xo‘jaligi vazirliklari ko‘rsatgan. Tashqi ishlar, Investisiyalar va Qishloq xo‘jaligi vazirliklarining ochiqlikka rioya qilishi maqtanadigan darajada emas.

Ochiqlik indeksida "ochiq" va "yopiq" tashkilotlar aniqlandi

Mahalliy hokimiyatlar orasida Xorazm, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, Toshkent shahar (100 dan 40 ball), Andijon (43 ball) va Toshkent (49 ball) viloyati hokimliklari eng yomon natijalarni qayd etgan.

Davlat banklari orasida eng yaxshi ko‘rsatkich Turonbankda, eng yomoni esa Aloqabankda kuzatilgan.

Ochiqlik indeksida "ochiq" va "yopiq" tashkilotlar aniqlandi

Agentlik tomonidan kelgusida baholash jarayonlarini quyi tizimlarda ham amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Jumladan, 2026 yil 2-yarmidan sinov tariqasida Navoiy viloyatining tuman va shahar hokimliklari, tashkilotlari faoliyati ochiqligi darajasini index.anticorruption.uz platformasida baholash rejalashtirilgan.

Kiritildi: Bugun 15:55. O'qildi: 329 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!