Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

"Ochiq Andijon" investisiya forumida 40 million dollarlik eksport shartnomasi imzolandi

"Ochiq Andijon" investisiya forumida 40 million dollarlik eksport shartnomasi imzolandi

Xabaringiz bo‘lsa, joriy yilning 19-20 oktyabr kunlari Andijon viloyatida "OPEN ANDIJAN" -1-Xalqaro investisiya forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda Hindiston, Germaniya, Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Misr, Angliya, Isroil, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, BAA, Pokiston, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Suriya, Tojikiston, Turkiya, Bangladesh, Ukraina, Polsha, Yaponiya davlatlaridan kelgan delegasiyalar qatnashdi.

Forum doirasida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida 250 million AQSh dollarilik shartnomalar, shuningdek, 40 million dollarlik eksport shartnomasi imzolangani ma’lum qilindi.

“Viloyatda muammoli tumanlar bor. Nima uchun mana shunday investisiyalar o‘sha tumanlarga yo‘naltirilmayapti? Investorga eng avvalo nima kerak? Uzluksiz svet, gaz, suv ta’minoti va sifatli yo‘l kerak. Afsuski, viloyatdagi har bir tumanda ham infratuzilma yaxshi shakllanmagan. Viloyatda muammolar hali yetarli va mana shunday forumlar ham muammolarni hal qilish uchun tashkil etilgan.

Forum natijasida viloyatda 5 ming kishi ish bilan ta’minlanishi kutilyapti. Biz butun viloyatni rivojlantirish uchun ish olib bormoqdamiz va muammoli tumanlarga ham investisiya kirib boradi. Shu munosabat bilan jurnalistlar va blogerlardan ushbu forumni, Andijonda ko‘rganlaringizni boricha, holislik bilan targ‘ib qilishlaringni so‘rayman”, degan viloyat hokimi SH.Abdurahmonov.

Matbuot anjumanida “Investorlar viloyatga kelayotgan yaxshi, ammo ularning huquqlarini kim himoya qiladi? Buning uchun viloyat hokimi sifatida nimalar qilyapsiz?”, deya savol berilgan. Bu savolga “Ilgari hokimlarga faqat qishloq xo‘jaligi ishlarini boshqaradigan odam sifatida qaralar edi. Hozir vaziyat tubdan o‘zgargan. Klasterlar tizimi yo‘lga qo‘yilgani uchun qishloq xo‘jaligi ishlari bir tizimga yo‘naltirildi. Qachon ilgari Andijon viloyati 29 kunda paxta rejasini 102 foizga bajargan edi? Men hozir hokim sifatida bevosita investorlar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘lganman. Bir gapni aytaman, viloyatga birorta investor men bilan suhbatlashmay kirmaydi. Men ularning har birini shaxsan qabul qilaman va barcha qulayliklarni yaratishga harakat qilaman. Men viloyat hokimi sifatida har bir investorga qonun ustuvorligini ta’minlayman”, deya va’da bergan hokim.

Kiritildi: 08:00 22.10.2019. O'qildi: 1955 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!