Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

“Obod markaz” dasturi ko‘hna Kosonsoyni zamonaviy shaharga aylantirdi

“Obod markaz” dasturi ko‘hna Kosonsoyni zamonaviy shaharga aylantirdi

2200 yillik tarixga ega Kosonsoy shahri asrlar aro bir necha bor renessans davrini boshdan kechirgan bo‘lsa, bugungi “Obod markaz” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida u obodlikning yuqori cho‘qqisiga ko‘tarildi.

Ushbu dastur ijrosi doirasida bu yerda 31 ta ob’ektda yangi qurilish va qurilish-ta’mirlash ishlariga 89,78 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Bunyodkorlik tadbirlari natijasi shahar hayotining barcha jabhalarida ko‘zga tashlanadi. Masalan, tuman markazida 4.4 kilometr uzunlikdagi yangi tarmoq tortilishi bilan 4200 ta xonadonda yashovchi 19,6 mingdan ziyod aholi toza ichimlik suvidan bahramand bo‘la boshladi.

--Avtomobil yo‘llarining sifatsizligi ko‘p yillardan beri aholini qiynab kelayotgan jiddiy muammolardan biriga aylangandi, -deydi mehnat faxriysi Odilxon Qoriyev. – Ayni masala ham “Obod markaz”dasturi sharofati bilan yechim topdi. 3,4 mlrd. so‘m mablag‘ sarflanib mukammal ta’mirdan chiqarilgan 19 kilometrga yaqin avtomobil yo‘llari ravonlashtirilganidan haydovchilarupiyodalarning dili yayraydi. Ayniqsa, piyodalar yo‘lagi tashkil etilib, ko‘cha bo‘ylariga tejamkor yoritish chiroqlari o‘rnatilganini aytmaysizmi. Tunlari charog‘on, harakatlanishga xavfsiz bunday yo‘llardan yurgan kishi borki, ko‘nglida rozilik tuyg‘usi jo‘sh uradi.

Mukammal ta’mirdan chiqarilib, sayqal berilgan. Milliy madaniyat markazi, tumandagi 5 ta kasb-hunar kollej ma’muriy binolari, 2 ta kasb-hunar kollejining sport zali,Davlat soliq inspeksiyasi, prokuratura binolari va boshqa ko‘plab ijtimoiy inshootlar shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shgani bir qarashdayoq ko‘zga tashlanadi.

Kosonsoy soyi yozning haroratli kunlarida tuman markazi iqlimini mo‘’tadillashtirib, tanga orom beradigan “kumush kamar” hisoblanadi.Uning sohili bo‘ylab 1,5 kilometr uzunlikda barpo etilgan Yashil xiyobon va velosiped yo‘lakchasi o‘ziga xosligi bilan bu yerga Yevropa shahri ko‘rinishini berdi. Viloyatning eng so‘lim oromgohlaridan biri bo‘lgan Kosonsoy istirohat bog‘i esa 2 milliard so‘m mablag‘ hisobidan qayta rekonstruksiya qilinganidan so‘ng yanada jozibador go‘shaga aylandi.

Ona Vatan himoyasi uchun aziz jonini fido qilgan yurtdoshlarning pok nomini abadiylashtirish xayrli ish. Ikkinchi jahon urushidan qaytmagan ikki mingdan ziyod mard kosonsoyliklarga ehtirom ramzi sifatida barpo etilgan Xotira maydoni, undagi Motamsaro ona haykali chinakam ziyoratgohiga aylanganidan ayniqsa, yoshlar xursand.

Ta’kidlash kerakki,Kosonsoyni chinakam obod markaziga aylantirish yo‘lidagi ezgu ishlarda butun tuman ahli, xususan, tashabbuskor va fidoyi tadbirkorlarning hissa katta bo‘ldi. Buni, jumladan, shaharda yangidan barpo etilgan ko‘plab savdo va maishiy xizmat shoxobchalarining betakror qiyofasida ko‘rish mumkin. Uzoq yillardan beri ta’mirini kutib yotgan 6 ta ko‘p qavatli turarjoy binolari bugun yangi uylar ko‘rinishini olgan. Ularning kommunikasiya tizimlari butunlay qayta ko‘rib chiqilganidan xonadon sohiblari juda – juda xursand.

Bir so‘z bilan aytganda,Kosonsoyda ro‘yobga chiqarilgan katta hajmdagi bunyodkorlik yumushlari 2019 yilning natijador tadbirlaridan bo‘lgan “Obod markaz”dasturi sharofatini ko‘z-ko‘z qilayotgani bilan alohida ahamiyatga ega. Yangilangan shaharning kuni kecha o‘tkazilgan tantanali taqdimoti qatnashchilarining dil so‘zlarida ham ana shunday fikrlar bot-bot tilga olindi.

Manba: xs. uz

Kiritildi: 21:31 13.11.2019. O'qildi: 1415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!