"AQShning sobiq prezidenti Barak Obama amaldagi prezident Jo Baydenning ikkinchi muddatga saylanishiga yordam berishga va’da berdi", deb xabar qildi The Washington Post manbalarga tayanib.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Barak Obama va Jo Bayden o‘rtasidagi uchrashuv iyun oyi oxirida Oq uyda bo‘lib o‘tgan. Unda Obama AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 2024 yilgi prezidentlik kampaniyasida yuqori darajada qo‘llab-quvvatlovga ega bo‘lishi haqida ogohlantirgan.