Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ob-havo! O‘zbekistonda qachon yomg‘ir yog‘adi?

Ob-havo! O‘zbekistonda qachon yomg‘ir yog‘adi?

O‘zbekistonda issiq ob-havo chekinib, salqin iqlim kirib kelmoqda. O‘zgidrometning ma’lumotiga ko‘ra, oldinda bizni yomg‘irli kunlar kutmoqda.  E’tiboringizga 6–11 iyun kungi ob-havo ma’lumotlarini taqdim etdi.

6 IYUN
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida kunning birinchi yarmida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat 32-37°, janubda ba’zi joylarda 38-40° gacha issiq bo‘ladi.

7 IYUN
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 32-37º, janubda ba’zi joylarda 38-40° gacha issiq bo‘ladi.

8 IYUN
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

9 IYUN
Havo biroz bulutli bo‘ladi, respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

10-11 IYUN
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.

6-10 iyunda respublikaning tog‘li hududlarida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. 6-9 iyunda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Kiritildi: 15:44 06.06.2020. O'qildi: 10104 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!