Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

OAV: Notr-Dam yona boshlagach yarim soatga yaqin o‘t o‘chirish xizmati chaqirilmagan

OAV: Notr-Dam yona boshlagach yarim soatga yaqin o‘t o‘chirish xizmati chaqirilmagan

Cherkov xodimlari trevoga qo‘ng‘irog‘i chalinganidan so‘ng yong‘in sababini o‘zlari topishga harakat qilishdi.

Parijdagi mashhur cherkovda yong‘in boshlanganidan 23 daqiqa o‘tibgina yong‘inni o‘chirish xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan. Buzzfeed nashri ma’lum qilishicha, trevoga qo‘ng‘irog‘i chalinib ketgach, Notr-Dam xodimlari yong‘in o‘chog‘ini mustaqil topishga harakat qilishgan va maxsus xizmatga murojaat qilmagan.

Birinchi qo‘ng‘iroq 18:20da chalingan bo‘lib, xizmatchilar yong‘in qayerdan chiqqanini topishga kirishgan. Oradan 23 daqiqa o‘tib ikkinchi trevoga qo‘ng‘irog‘i chalingan, yong‘inning o‘chog‘i cherkovning yuqori qavatida ekani aniqlangan va shundan keyingina qutqaruvchilar chaqirilgan.

Eslatib o‘tamiz, arij cherkovida 15 aprel kuni yong‘in kelib chiqqan. Yong‘indan bir soat o‘tgach, katolik cherkovining tomi qulab tushgan. Oradan 12 soatdan ortiq vaqt o‘tib yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lishdi. Yong‘inning sababi sifatida elektr bilan bog‘liq muammolar keltirilmoqda.

life.ru

Kiritildi: 16:00 17.04.2019. O'qildi: 1877 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!