Bugun 21 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

OAV: Isroil bir yarim oy ichida Hizbullohga hujum qilishga tayyor

OAV: Isroil bir yarim oy ichida Hizbullohga hujum qilishga tayyor

Isroil 4-6 hafta ichida Livanning Hizbulloh terror tashkilotiga qarshi urush boshlashga tayyor, deya xabar berdi The Jerusalem Post harbiy manbalari.

Hizbulloh 2023 yil 7-oktabr kuni mamlakat janubida Xamas hujumidan so‘ng falastinlik terrorchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Isroil shimolini o‘qqa tuta boshladi. Qariyb bir yildan beri 100 mingga yaqin Isroil fuqarosi vataniga qayta olmadi. Isroil hukumati yaqinda G‘azodagi joriy urushning asosiy maqsadlari qatoriga «Shimol va Janub xalqlarini uyiga qaytarish»ni ham qo‘shdi.

Harbiy tahlilchilarning aytishicha, to‘rt-olti haftalik muddat yaqinda qish mavsumi boshlanishi, Livanning tog‘li hududlarida janglarni ancha qiyinlashtirgani bilan bog‘liq.

Ayrim ekspertlarga ko‘ra, bu bayonot birinchi navbatda Qo‘shma Shtatlarni Hizbullohga bosimni kuchaytirishga ishontirish uchun mo‘ljallangan.

Kiritildi: 16:06 17.09.2024. O'qildi: 508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!