Bugun 14 mart, 2026 yil, shanba

КИР

OAV: Eronga qarshi urush yana kamida 2-3 hafta davom etadi

OAV: Eronga qarshi urush yana kamida 2-3 hafta davom etadi

Axios nashriga intervyu bergan Isroil rasmiylariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi harbiy operasiyani keyingi ikki-uch hafta ichida tugatishni rejalashtirmayapti.

Biroq, ular Amerika prezidenti o‘z maqsadlariga erishilganiga ishonsa, «to‘satdan qaror qabul qilishi» mumkinligini tan olishdi.

Axios manbalaridan biriga ko‘ra, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi «hali yetarlicha zaif emas» va AQSh o‘z maqsadlariga erishish uchun vaqtga muhtoj. Nashrning arab manbasi ta’kidlashicha, AQSh operasiyasi tugagandan so‘ng, Eron Amerika qo‘shinlari va Fors ko‘rfazi davlatlariga hujum qilishni davom ettirishi mumkin.

AQSh va Isroil 28 fevral kuni Eronga qarshi harbiy operasiya boshladilar. Oq uy operasiya to‘rt-olti hafta davom etishini ma’lum qildi. Eron prezidenti Masud Pezeshkiyon mojaroni tugatish uchun AQSh va Isroildan tovon puli talab qildi.

Kiritildi: 21:21 13.03.2026. O'qildi: 291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!