Nyu-York shahri meri Zohran Mamdani yiliga 1 million dollardan ortiq daromad oluvchi shahar aholisi uchun soliqni ikki foizga oshirishni, shuningdek, shtat korporativ soliq stavkasini oshirishni talab qildi — bu takliflarni u dastlab saylovoldi kampaniyasi davomida ilgari surgan edi.
Bu bayonotni Nyu-York shahar meri Zohran Mamdani Nyu-York shtati Senatining 2026 yilgi byudjet bo‘yicha tinglovida aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shahar byudjeti taqchilligi "shahar xizmatlarini qisqartirmasdan, yangilangan daromad hisob-kitoblari va bonuslarni hisobga olgan holda va joriy yil zaxiralaridan foydalanmasdan qat’iy tejamkorlik siyosati" orqali 12 milliard dollardan 7 milliard dollargacha qisqartirildi.
Byudjet tafovutining kamayishiga qaramay, Mamdani Nyu-York shahri "halokat yoqasida" qolmoqda, dedi.
"Menimcha, eng badavlat fuqarolar va eng daromadli korporasiyalar hamma munosib hayot kechirishi uchun biroz ko‘proq hissa qo‘shishlari kerak. Shuning uchun men korporativ soliqni oshirish bilan bir qatorda, eng badavlat Nyu-Yorkliklar uchun daromad solig‘ini 2 foizga oshirishni taklif qilyapman", dedi u.
Mamdanining so‘zlariga ko‘ra, soliqlarning ikki foizga oshishi shahar byudjeti taqchilligining deyarli yarmini qoplaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, Mamdanining taklif qilgan har qanday soliq o‘zgarishlari Nyu-York shtati gubernatori, demokrat Keti Xochul tomonidan tasdiqlanishi kerak.