Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Nyu-Yorkda musulmon polisiyalar taqdirlandi

A A A
Nyu-Yorkda musulmon polisiyalar taqdirlandi

Nyu-Yorkning Kuins tumanida o‘n birinchi bor musulmon polisiyachilarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tadbir Nyu-York musulmon polisiyachilari jamiyati tashabbusi bilan tashkil etildi. Unga Nyu-York polisiya departamenti xodimlari, siyosatchilar, musulmon davlatlarining diplomatlari, ilm-fan va ta’lim sohasida faoliyat yurituvchilar, diniy jamoalar vakillari taklif etildi.

Marosim boshlanishida Qur’on tilovat qilindi.

Musulmon polisiyachilarga mukofotlar “Bir umrlik yutuqlar”, “Yil polisiyachisi, “Yil fuqarosi” va “Yil qahramoni” yo‘nalishlarida topshirildi.

“AQShda musulmonlar boshqa fuqarolardan farq qilmaydi, ajratilmaydi. Ular boshqa barcha fuqarolar kabi bu mamlakatga xizmat qilishadi. Ushbu tadbir ularning hissasi borligiga guvohlik berib turibdi”, – dedi Nyu-York musulmon polisiyachilari jamiyati rahbari Odil Rana.

Uning aytishicha, jamiyatga ikki mingga yaqin polisiya xodimlari a’zo bo‘lgan.

Kiritildi: 17:50 23.11.2019. O'qildi: 2365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik