Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Nyu-York fond birjasida shakar narxi rekord darajada o‘sdi

Nyu-York fond birjasida shakar narxi rekord darajada o‘sdi

Ushbu chorakda global savdolarda shakar narxi oxirgi to‘rt yil ichida eng katta o‘sishni ko‘rsatmoqda. Xususan,  Nyu-York fond birjasida shakar xom ashyosining fyuchers shartnomalari narxlari mart oyi oxiridan deyarli 13 foizga ko‘tarildi. Bu 2016 yilning ikkinchi choragidan beri eng katta o‘sish hisoblanadi.

Ekspertlarga  ko‘ra, mazkur holatga neft bozorlaridagi jonlanish va shakar o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni yetkazib berishdagi  uzilishlar sabab bo‘lgan.

Xalqaro Shakar Tashkilotining ((ISO) may oyidagi hisobotiga ko‘ra, koronavirus pandemiyasidan beri global shakar iste’moli 2,1 million tonnaga kamaygan.  Ammo,   bu  shakar  bozorida  narx  tushishini anglatmaydi.  Boisi, COVID-19  tufayli mamlakatlarda o‘rnatilgan  karantin  choralari mahsulot  etkazib berishda uzilishlarga olib kelish ehtimoli bor, bu esa global shakar bozorida narxlarning yana o‘sishiga olib kelishi mumkin.
 

Kiritildi: 17:12 26.06.2020. O'qildi: 1816 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!