Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

NYT: Tramp vise-prezident Pensning sadoqatiga shubha qilmoqda

NYT: Tramp vise-prezident Pensning sadoqatiga shubha qilmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp so‘nggi vaqtlarda o‘z maslahatchilaridan ular mamlakat vise-prezidenti Mayk Pensning sadoqatliligiga ishonish-ishonmasliklarini tez-tez so‘ramoqda. Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda.

Gazeta manbalari bergan ma’lumotga ko‘ra, AQSh prezidenti ushbu savolni «ko‘p marta» takrorlagani bois prezident administrasiyasi a’zolari orasida xavotir uyg‘ongan. Tramp vise-prezidentni ishdan olish haqida gapirmagan bo‘lsa-da, maslahatchilarning fikricha, ushbu savolning tez-tez ko‘tarilayotgani vise-prezidentga nisbatan nafrat o‘sib borayotgani dalilidir.

Xabar berishlaricha, bir qator amaldorlar Mayk Pensning sadoqatli ekaniga Trampni ishontirishga harakat qilmoqda, biroq ayrim maslahatchilar, ayniqsa, Oq uyda ishlamaydiganlari Pensning o‘rnida boshqa, samaraliroq nomzod ish olib borishi mumkinligini ta’kidlab kelmoqda.

Trampning ayollar orasida obro‘si baland emas, shu bois u vise-prezidentlikka ayol kishini tayinlash orqali vaziyatni o‘zgartirishi mumkin, deb yozmoqda gazeta muxbirlari. Xususan, ba’zi maslahatchilar vise-prezident lavozimiga AQShnin BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeylini tayinlashni tavsiya qilgan — Xeyli xonim 2018 yil oxirida BMTdagi lavozimidan ketadi.

O‘z navbatida Oq uy vakili Xogan Gidli The New York Times nashriga bergan rasmiy izohida «prezident Tramp vise-prezident Pensni to‘la qo‘llab-quvvatlashi»ni aytib o‘tgan.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 20:34 17.11.2018. O'qildi: 1221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!