Eronning yangi oliy rahbari Mojtaba Xamenei o‘zining ushbu lavozimga tayinlovidan so‘ng ilk bor ommaga ko‘rinish berishni niyat qilgan. Buning uchun u otasi Ali Xameneining dafn marosimida ishtirok etmoqchi.
Bu haqda "The New York Times" gazetasi o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
«Xamenei rasmiylarga dafn marosimining hech bo‘lmaganda ayrim qismlarida qatnashish istagi borligini aytgan», — deb yozadi nashr.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, Xamenei 9 iyul kuni Mashhad shahridagi Imom Rizo maqbarasida bo‘lib o‘tadigan marosimda ishtirok etishni va otasining haqiga janoza namozini o‘qishni xohlamoqda.
Biroq, Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) xodimlari orasidagi manbalarning ta’kidlashicha, yangi rahbarning marosimga kelishi amrimahol. Bunga uning harakatlanishi ortidan yashirinib turgan boshpanasi manzili fosh bo‘lib qolishidan xavsirash sabab bo‘lmoqda.