Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Nursulton Nazarboyev yana prezident bo‘ladi

Nursulton Nazarboyev yana prezident bo‘ladi

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (EAES) faxriy raisi unvoni berilishi mumkin.

Manbaning xabar berishicha, YEAES ushbu ittifoqni tuzish aynan uning g‘oyasi bo‘lgani uchun Nazarboyevga bu unvonni berishga qaror qilgan. Ayni paytda bunday lavozim yo‘q, shu sabab Qozog‘istonning eks-prezidenti qanday vakolatlarga ega bo‘lishi xozircha noma’lum.

29 may kuni Nursultonda YEAESningsammiti bo‘lib o‘tadi, unda ishtirokchi davlat rahbarlari ittifoqning besh yilligini nishonlashadi hamda Nazarboyevni tashkilotning faxriy prezidenti qilib tayinlash to‘g‘risida yakuniy qarorga kelishadi.

2019 yilning 19 martida Nazarboyev Qozog‘iston prezidentligidan iste’foga ketgan edi. U hukumatni uzluksiz 30 yil boshqardi. Shundan so‘ng uning sharafiga mamlakat poytaxti Ostona Nur-sultonga o‘zgartirildi. Nazarboyev millat yetakchisi (Elboshi) unvonini oldi, shuningdek, umrbod Qozog‘iston xavfsizlik kengashi rahbari hamda Nur Otan partiyasining yetakchisi vazifalarida qoldi.

lenta.ru

Kiritildi: 12:02 18.04.2019. O'qildi: 8132 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!