Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Nurmat Otabekov: "Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat hamon murakkab"

Nurmat Otabekov: "Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat hamon murakkab"

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov quyidagilarni ma’lum qildi:

– Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar soni 3 ming 965 nafarga yetdi. 4 iyun kuni 73 nafar, kasallik qayd etilgandan buyon esa 3 ming 87 nafar, ya’ni 78 foizdan ziyod bemor to‘liq sog‘aygan. Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda 862 bemor davolanmoqda, 9 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir. 48 mingdan ko‘proq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan. Ularning 21 mingdan ortiqrog‘i stasionar sharoitda karantinga joylashtirilgan.

Karantin tadbirlari davom etyapti. Koronavirus kasalligi bo‘yicha epidemik vaziyat murakkabligicha saqlanib turibdi. Kuni kecha ro‘yxatga olingan 96 bemorning 81 nafari karantin muassasalariga joylashtirilgan shaxslar orasidan aniqlangan bo‘lsa, 13 nafari aholi orasida qayd etilgan. 2 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi shaxslar orasida aniqlangan.

Bundan ko‘rinib turibdiki, har bir ehtiyotsizligimiz kasallikka chalinish ehtimolini yuzaga keltiradi. Shuning uchun maqsadsiz ko‘chaga chiqmang, ko‘chaga chiqsangiz, albatta, doka niqobda bo‘ling, muloqot paytida masofani saqlang, uyga qaytgach antiseptik vositalardan foydalaning. Shundagina, kasallikka chalinishdan o‘zingizni va oila a’zolaringizni, yaqinlaringizni himoya qilgan bo‘lasiz.

Kiritildi: 12:37 05.06.2020. O'qildi: 3090 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!