Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Nukusdagi yana bir ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi

Nukusdagi yana bir ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi

Bugun, 31 yanvar kuni soat 07:55 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani «Okterak» MFYda joylashgan 2 qavatli uyda gaz-havo aralashmasining chaqnashi (portlash) sodir bo‘lgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan tuman FV bo‘limi yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan.

Chaqnash oqibatida 4 nafar fuqarolar turli darajada tan jarohati olib, Nukus tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda «Hududgazta’minoti» hodimlari chiqishgan.

Hozirda fojia sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:33 31.01.2023. O'qildi: 2885 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!