Bugun 11 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Nukusda noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgan ishchi MIB yordamida ishga tiklandi

Nukusda noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgan ishchi MIB yordamida ishga tiklandi

Fuqaro D.B Nukus tumani, mahalla fuqarolar yig‘ini boshlig‘ining oila xotin-qizlar va ijtimoiy-ruxiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab yurib 2022-yilning 14-may kuni asossiz ravishda ishdan bo‘shatilgan.

Adolatni tiklash maqsadida, fuqaro D.B sudga ishiga tiklab berishni so‘rab murojaat qilgan va sud uning da’vosini to‘liq qanoatlantirib, ishga tiklash haqida qaror qabul qilgan.

Nukus tumani hokimligi tomonidan ushbu sud qarori ijrosi ta’minlanmagan va fuqaro D.B ni o‘z ish o‘rniga qayta joylashtirilmagan.

Shunda, fuqaro D.B sud ijro varaqasining ijrosini ta’minlab berishni so‘rab, Byuroning Nukus tuman bo‘limiga topshirgan va bo‘lim tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilib, ijro harakatlariga kirishilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida, fuqaro D.B joriy yilning 26-sentyabr kuni Nukus tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan o‘zining avvalgi ish o‘rniga qayta ishga tiklandi va sud qarori ijrosi amalda ta’minlandi.

Kiritildi: 20:45 06.10.2024. O'qildi: 930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!