Telegram messenjeri YouTubega raqobatchi bo‘lishi mumkin — kompaniya HLS-strimingni qo‘llovchi yangi videopleer yaratish uchun tanlov e’lon qildi.
Ma’lumot berilishicha, videopleer chet brauzer ko‘rinishidagi vositachisiz, Telegram ichida ishlaydi va internet tezligiga qarab rolik sifatini avtomat tarzda sozlab beradi.
Yangi ishlanmani avvaliga iOS, so‘ngra Android tizimida, jumladan, desktoplarda ishga tushirishmoqchi.