Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Nukusda fuqaroni ichki ishlar tizimiga ishga joylash evaziga 4500 dollar olgan shaxs ushlandi Jamiyat

Nukusda fuqaroni ichki ishlar tizimiga ishga joylash evaziga 4500 dollar olgan shaxs ushlandi Jamiyat

Qoraqalpog‘iston Respublkasi Nukus shahrida fuqaroni ichki ishlar tizimiga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.  

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalari tomonidan va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro A.K.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari orqali ichki ishlar organlari tizimiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 4500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi, 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Manba:qalampir.uz

Kiritildi: 22:26 15.02.2021. O'qildi: 1238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!