Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Nukus "yurag"ini tepgan yigirma yoshli yigit qo‘lga olindi

Nukus "yurag"ini tepgan yigirma yoshli yigit qo‘lga olindi

Nukusdagi muzey majmui yaqinidagi maydon Qoraqalpog‘iston aholisi va mehmonlarining sevimli joylaridan biridir.

U yerda ko‘p sonli turistlar va yosh kelin-kuyovlar esdalik uchun suratga tushishni yaxshi ko‘rishadi. Bu yerda sevgini izhor etuvchi yurak shaklidagi tasvir hamda katta-katta harflar paydo bo‘lganidan so‘ng, ana shunday istakdagi insonlar soni yanada ko‘paydi.

Nukuslik yigirma yoshli I. bu borada o‘zini umuman boshqa tomondan ko‘rsatishga qaror qildi. U oyoq zarbasi bilan yurakni “jarohatladi” va o‘z “qahramonligi“ni telefonga muhrladi. Videotasvirni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan yigit “layklar” yomg‘iri ostida qolib ketishni orzu qilgandi, biroq buning aksi bo‘lib chiqdi. U o‘z manziliga maqtovlar o‘rniga noroziliklar va nafratga to‘lgan so‘zlarni qabul qilib oldi.

Boz ustiga, ushbu selfiga huquq-tartibot organlari qiziqib qoldi. Ular bir kun ichida bezorini qo‘lga olishdi.

Nukus shahar IIBdan xabar berishlaricha, bola o‘z qilmishidan afsusda. U bu harakatini ijtimoiy tarmoqlarda qanday munosabat bildirishlarini tekshirish uchun qilgan, bunday qilish qonunga zid ekanligi haqida o‘ylamagan.

Bezoriga so‘nggi hukmni sud chiqaradi, lekin unda o‘z qilmishlari haqida o‘ylab ko‘rish va hayotga munosabatini o‘zgartirishi uchun hali vaqt bor.

Manba: xs.uz

Kiritildi: 17:00 10.12.2018. O'qildi: 4574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!