Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Nostradamusning 2018 yilga aloqador dahshatli bashorati e’lon qilindi

Nostradamusning 2018 yilga aloqador dahshatli bashorati e’lon qilindi

Tadqiqotchilar fransiyalik afsonaviy bashoratchi Mishel Nostradamusning yozuvlarida 2018 yilga aloqador bo‘lgan dahshatli falokatlarni aniqladilar.

XVI asrda yashagan Nostradamus 2018 yilni insoniyat uchun eng xavfli yil deb hisoblagan. Britaniya ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, Nostradamus Uchinchi jahon urushi Fransiyada boshlanishini va kamida 26 yil davom etishini taxmin qilgan.

Uning taxminlariga qaraganda, agar odamzod hozirdanoq aqlini yig‘ib olmasa va Uchinchi jahon urushi boshlansa, insoniyat deyarli qirilib ketadi, so‘ng Yer yuzini dahshatli yong‘inlar egallab oladi.

Bundan tashqari, bashoratchi dori vositalarining rivojlanishi natijasida odamlar 150 yil yashab, qush va hayvonlar tilini tushunishini ham yozib qoldirgan.

 

Kiritildi: 13:15 06.11.2018. O'qildi: 6544 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!