Bugun 25 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Nosoz filtrdan foydalanayotgan issiqxonalarga chora ko‘rilmoqda

Nosoz filtrdan foydalanayotgan issiqxonalarga chora ko‘rilmoqda

Maxsus komissiya tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi «Istiqlol», «Bodomzor» MFYlarda joylashgan issiqxonalarda ekologik reyd o‘tkazildi.

O‘rganish davomida «Istiqlol» MFY hududida joylashgan fuqaro B.Z.ga tegishli hamda «Bodomzor» MFY hududida joylashgan fuqaro X.U.ga tegishli issiqxonalarning filtrlari nosoz ekanligi aniqlandi. Har ikki holat yuzasidan MJTKning 95-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Ma’lumot uchun, avvalroq Zangiota tumanida 14 ta issiqxona faoliyati o‘rganilgan va filtri nosoz issiqxonalar aniqlangan edi.

Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:05. O'qildi: 233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!