AQSh prezidenti Jo Bayden Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbat chog‘ida o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Zelenskiy harbiy yordam yetarli emasligidan shikoyat qildi, deb xabar bermoqda NBC News manbalarga tayanib.
Telekanalning ta’kidlashicha, Bayden va Zelenskiy har safar AQSh navbatdagi harbiy yordam paketini ajratganidan keyin telefon orqali gaplashib turadi.
“Ammo ikki yetakchining iyun oyida bo‘lib o‘tgan telefon suhbati avvalgilaridan farqli bo‘lib chiqdi”, — deyiladi maqolada.
Bayden Zelenskiyga Ukrainaga yana 1 milliard dollarlik harbiy yordam ko‘rsatishni ma’qullaganini aytishni zo‘rg‘a tugatgan edi, manbalar Zelenskiy zarur bo‘lgan, ammo ololmaydigan barcha qo‘shimcha yordamlarni sanab o‘tishni boshlaganda, dedi.
"Bayden o‘zini yo‘qotib qo‘ydi", deyiladi telekanalda.
Manbalarga ko‘ra, Amerika prezidenti ovozini baland ko‘targan, Zelenskiy esa “biroz ko‘proq minnatdorchilik bildirishi mumkin edi”.
The Washington Post nashrining yozishicha, AQSh yetakchisi Jo Bayden Zelenskiyga, agar Ukraina prezidenti harbiy yordam yetarli emasligi haqida ommaviy ravishda shikoyat qilishda davom etsa, AQSh Kongressi Kiyevga pul ajratishdan bosh tortishi mumkinligini aytgan.