Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Norvegiya suvlarida suv parisi aniqlandi

Norvegiya suvlarida suv parisi aniqlandi

«Strange Videos» portali navbatdagi g‘ayrioddiy tasvirni o‘z sahifasiga joyladi. Bu aqlga sig‘mas voqeani shunchaki fan bilan yoritib bo‘lmaydi. Videoning eng e’tibor tortadigan qismi noodatiy tuzilishga ega bo‘lgan dumning harakatlanishidir. Balki, bu suv parisining dumdir.

Nima uchun aynan suv parisining dumi, degan savol tug‘iladi? Chunki dum ancha katta bo‘lib, na akula va na delfinnikiga o‘xshar edi. Bundan tashqari, shuni alohida ta’kidlash joizki, video soxta emas. U hech qanday 3D formatda tasvirga olinmagan, suv tagida inson yasama dum kiyib, uni teppaga chiqarib, qimirlatib turmagan. Agarda bu shunchaki shov-shuv ko‘tarish uchun kerak bo‘lganda video egasi anchagina mukammalroq qilib suratga olar bo‘lardi. Keyin buni soxta ekanligini hatto oddiy uy bekasi ham sezardi.

Haqiqiy videoni topish ancha qiyin kechdi. Bu ish muvafaqqiyatli tugaganidan so‘ng undagi noma’lum hayvon «G‘aroyib baliq» nomini oldi.

Kiritildi: 05:14 21.07.2018. O'qildi: 5458 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!