Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Norvegiya Kiyevga 8 ta Leopard-2 tankini topshirdi

A A A
Norvegiya Kiyevga 8 ta Leopard-2 tankini topshirdi

Norvegiya qurolli kuchlari qo‘mondonligi dushanba kuni Ukrainaga 8 ta Leopard-2 tankini yetkazib berganini e’lon qildi.

Hozir ushbu tanklarning ukrainalik ekipajlari Polshada o‘qitilmoqda.

Norvegiya hukumati NATOdagi bir qancha ittifoqchilari o‘z tanklarini Ukrainaga yuborishlarini darhol e’lon qilgandan so‘ng, ushbu jangovar mashinalarni Ukrainaga topshirishga qaror qilishdi.

Norvegiya armiyasi o‘z ehtiyojlarini unutmaydi: ularning mamlakati Rossiya bilan chegaradosh, shuning uchun fevral oyida hukumat o‘zining mudofaa qobiliyatini mustahkamlash uchun Germaniyadan 54 ta Leopard-2 tankiga buyurtma berganini e’lon qildi.

Ushbu tanklar 2026 yilgacha foydalanishga topshirilishi kerak.

Kiritildi: 23:08 20.03.2023. O'qildi: 2873 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!