Bugun 15 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Norvegiya Belorussiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shildi

Norvegiya Belorussiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shildi

Norvegiya o‘tgan yozda Yevropa Ittifoqi Kengashi tomonidan kiritilgan Belarusga qarshi sanksiyalarga qo‘shildi . Bu haqda Norvegiya tashqi ishlar vazirligiga tayanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Yangi sanksiyalar Yevropa Ittifoqi tomonidan 2024 yil 29 iyun kuni Belarusga qarshi ko‘rilgan choralarga mos keladi», — deyiladi bayonotda.

Departamentning ta’kidlashicha, cheklovlar keng qamrovli. Cheklovlar iqtisodiyotning bir qancha sohalariga tegishli: savdo, maishiy xizmat va transport. Belorussiya hududi orqali mamlakatning harbiy yoki sanoat qudratini mustahkamlashga yordam beradigan qurol va tovarlarni tranzit qilish taqiqlandi. Dengiz navigasiyasi, hashamatli tovarlar, xom neft va oltin bilan bog‘liq texnologiyalarni eksport qilish taqiqlandi.

Kiritildi: 07:00 08.10.2024. O'qildi: 2437 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!