2026 yil 18 fevral kuni soat 08:30 lar atrofida Norin tumanida joylashgan “Umid chirog‘i” kunduzgi parvarish xizmati tarbiyalanuvchilarini markazga olib ketish jarayonida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Hodisa tarbiyalanuvchilarni markazga olib ketayotgan transport vositasida 6 nafar bola bo‘lgan vaqtda yuz bergan.
Afsuski, hodisa oqibatida tarbiyalanuvchilardan biri — 2015 yilda tug‘ilgan SH.X. og‘ir tan jarohati natijasida vafot etdi.
Qolgan 5 nafar bolaga Norin tuman tibbiyot birlashmasida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Hozirgi vaqtda ularning holati qoniqarli deb baholanmoqda.
Holat yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Agentlik mazkur holatni chuqur afsus bilan qabul qiladi va marhumaning oilasiga chuqur ta’ziya bildiradi.