Rossiya Davlat dumasi deputatlari noqonuniy migrasiyani tashkil etish bilan bog‘liq barcha jinoyatlarni og‘ir deb hisoblashni taklif qiluvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda Davlat dumasi vise-spikeri Irina Yarovaya ma’lum qildi.
«Bugun biz bir hafta ichida barcha vakolatli vazirliklar, barcha huquq-tartibot idoralari, barcha xizmatlar Davlat Dumasi deputatlari tomonidan ishlab chiqilgan va bir qancha muhim sohalarga taalluqli qonun loyihasi bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirishga kelishib oldik. Birinchidan. Noqonuniy migrasiyani tashkil etish bilan bog‘liq barcha jinoyatlarni og‘ir va ayniqsa og‘ir jinoyatlar qatoriga kiritamiz», — dedi Yarovaya.
Avvalroq Rossiya Davlat dumasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan taklif etilgan, muhojirlar mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklar ro‘yxatini kengaytirishni nazarda tutuvchi yangi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi ma’lum bo‘lgan edi.