Bugun 5 iyul, 2024 yil, juma

КИР

Noqonuniy mahsulotlar yo‘q qilindi

Noqonuniy mahsulotlar yo‘q qilindi

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyati bo‘limi hamda Navoiy viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining mas’ul xodimlari hamkorligida chetdan noqonuniy olib kirilgan, huquqbuzarlardan olib qo‘yilgan tamaki mahsulotlari va tibbiyot vositalari sud qaroriga asosan tegishli tartibda yo‘q qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 200-sonli “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, tegishli organlar tomonidan tezkor tadbirlar davomida noqonuniy faoliyatdan olingan 13,6 ming quti tamaki mahsulotlari, 30 dona elektron sigaretlar, 126 million so‘mlik tibbiy vositalar hamda 1,2 milliard so‘mlik soxta pullar tegishli tartibda yoqib yuborildi.

Yo‘q qilish tadbirlari bevosita keng jamoatchilik ishtirokida amalga oshirilmoqda.

Kiritildi: 11:02 01.07.2024. O'qildi: 368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!