Noma’lum shaxslar Stokgolmdagi Isroil elchixonasi binosiga qarata o‘t ochdi. Bu haqda Haartez xabar berdi.
"Polisiya elchixona oynalarida o‘q izlari borligini aniqladi. Jarohatlanganlar yo‘q, binoga kirish-chiqish cheklangan", deb yozadi manba.
Diplomatik bo‘limdan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda qurol va snaryadlar topilgan. Gumonlanuvchilar hozircha qo‘lga olinmagan.