Tarmoqlarda HMD Global kompaniyasining yangi Nokia smartfoni chiqarilayotgani haqda batafsil ma’lumot paydo bo‘ldi. Shunisi aniqki, bu qurilma kompaniyaning eng qimmat flagmani bo‘ladi. Germaniyada faoliyat ko‘rsatayotgan WinFuture nashrining muharriri Roland Kvandt (Roland Quandt), yangi qurilmani sotuvga chiqarish bilan bog‘liq tafsilotlarni o‘quvchilar bilan baham ko‘rdi.
Unda aytilishicha, flagman Qualcomm Snapdragon 845 prosessoriga tayanadi va barmoq izlari skaneri bor bo‘lgan ilk Nokia smartfoni bo‘ladi, skaner to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekranga o‘rnatilgan.
Smartfonning ichki nomi — Nokia A1 Plus. U LG Display’ning OLED-displeyi bilan ta’minlangan. Qurilmani yig‘ishda Tayvandagi ishlab chiqarish giganti Foxconn’ning shu’ba korxonasi FIH Mobile hamkorlik qilmoqda.
Yangi Nokia A1 Plus smartfoni 31 avgustdan 5 sentyabrgacha Berlinda bo‘lib o‘tadigan IFA 2018 ko‘rgazmasida rasman namoyish etiladi.
Manba: terabayt.uz